×
Menu
Close Menu

​“Ibrat farzandlari” loyihasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi

  Joriy yilning 28-oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan tashki etilgan “Ibrat farzandlari” loyihasi vakillari tashrif buyurdi. O'zbekiston yoshlar ittifoqi SamDTU Boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad bugungi kunda yoshlar va ayniqsa talabalar orasida katta qiziqish bilan qabul qilinayotgan “Ibrat farzandlari” loyihasi hamda uning xorijiy tillarni tez va oson oʻrganish imkoniyatini beruvchi bepul online darslari haqida SamDTU talabalariga maʼlumotlar ulashish hamda talabalar bilan ochiq muloqotni tashkil etishdan iborat edi.

  Uchrashuv davomida “Ibrat farzandlari” loyihasi haqida, uning tashkil topishi, loyihaning imkoniyatlari va xorijiy tillarni oʻrganishdagi qulayliklari xususida fikr yuritilib, bugungi kunda chet tillarini oʻrganishga katta eʼtibor qaratilayotgani hamda qulay imkoniyatlar yaratilayotgani taʼkidlab oʻtildi. Shuningdek, talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga loyiha vakillaridan atroflicha javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar.


SamDTU matbuot xizmati