×
Menu
Close Menu

​SamDTU rektoriga “Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasining faxriy akademigi” unvoni berildi

  Joriy yilning 26-oktyabr kuni  Rossiyaning Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasining 90 yillik yubiley tadbiribo’lib o’tdi. Tantanali marosimda akademiya rahbariyati bilan bir qatorda mehmonlar, shu jumnladan Samarqand davlat tibbiyot universitwti rektori Jasur Rizayev ham ishtirok etdi. Yubiley marosimida Jasur Rizayev nutq so’zlab, Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasi faoliyatiga omadlar tiladi. Shuningdek, Jasur Rizayevga “Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasining faxriy akademigi” unvoni berildi. 

  Ma’lumot o’rnida shuni aytish mumkinki Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasi Rossiyadagi eng nufuzli tibbiyot maktablaridan biridir. Akademiya 1933-yilda tashkil etilgan bo’lib, ISMA Hindiston Tibbiyot kengashi va JSST tomonidan tan olingan. Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasi talabalarning materialni o'zlashtirishi uchun zarur bo'lgan barcha zamonaviy qulayliklar bilan to'liq jihozlangan.



SamDTU matbuot xizmati