×
Menu
Close Menu

​“Zamonaviy mikrobiologik diagnostika va oqilona antibiotik terapiyasi” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi

  25-oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida akademik mobillik doirasida Belarusiya tibbiyot akademiyasi professori, V.I.Zaxarevich tomonidan “Zamonaviy mikrobiologik diagnostika va oqilona antibiotik terapiyasi” mavzusida seminar oʻtkazildi.

  Seminarda Antibiotik terapiyasining tasnifi, diagnostika xususiyatlari, davolash va oqibatlari shuningdek, mikrobilogik diagnostika va uning metodlari xususida fikrlar almashinildi. Professor, V.I.Zaxarevich tomonidan mavzuga oid maʼruza qilinib, mikrobiologik diagnostika va antibiotik terapiyasi haqida, uning rivojlanish tarixi hamda bugungi kundagi rivoji xususida statistik maʼlumotlar orqali tushunchalar berildi. Shuningdek, Antibakterial yondashuvlar, bakteriologik tadqiqotlar natijalari, bakteriologik tekshirish uchun materiallar toʻplash va boshqa bir qator masallar yuzasidan fikrlar bildirildi.

  Seminar ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar. 


SamDTU matbuot xizmati