×
Menu
Close Menu

Samarqand – yer yuzining sayqali!

  18-oktyabr – Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahri kuni sifatida nishonlanadi. Sana munosabati bilan bugun erta tongdan Samarqand shahri boʻylab bayram shodiyonalari boshlandi.  Jumladan Samarqand davlat tibbiyot universiteti ham katta bayram tadbirida ishtirok etdi. 

  Bayramda universitet professor oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. Shuningdek,koʻtarinki bayram dasturiga SamDTU rektori Jasur Rizayev ham tashrif buyurdi hamda barchani ona Samarqandimiz bayrami bilan tabrikladi. 

  Yuqori kayfiyatda oʻtgan bayramda SamDTU jamoasi tomonidan tibbiyotga oid koʻrgazmalar, turli qiziqarli sanʼat namunalari hamda xalqaro taʼlim fakultetining xorijlik talabalari ishtirokidagi milliy raqs chiqishlari  namoyish etildi. Shuningdek, mehmonlar uchun bayram dasturxoni yozilib, kuy va qoʻshiqlar yangradi.


SamDTU matbuot xizmati