26-may kuni turkiy davlatlarining “Stomatologiyada zamonaviy yondashuvlar” Xalqaro simpoziumi oʻz ishini boshladi. Simpozium Samarqand davlat tibbiyot universitetining hamkor universiteti boʻlgan Sogʻliq bilimlari universiteti (Istanbul, Turkiya)
Xalqaro simpoziumning ochilish marosimida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev qutlov soʻzi bilan ishtirok etdi. Oʻz nutqida Universitet rektori oʻzbek stomatologiya maktabi rivojlanishining asosiy tendensiyalari, tibbiyotning ushbu yoʻnalishi uchun kadrlar tayyorlashni takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar haqida atroflicha toʻxtaldi hamda stomatologiya fani va amaliyotini rivojlantirishda xalqaro hamkorlik va tajriba almashish muhimligini taʼkidlab oʻtdi. Soʻzga chiqqan boshqa ishtirokchilar ham oʻz mamlakatlarida tibbiyotning ushbu sohasini rivojlantirishda xalqaro hamkorlik ishlarini rivojlantirish zaruratini taʼkidladilar.
SamDTU matbuot xizmati