Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Kattaqoʻrgʻon va Ishtixon tumanlarida yoshlarni boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazildi

  Samarqand viloyatidagi mahallalardagi yoshlarni boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga koʻmaklashish maqsadida “Samarqand tajribasi” sifatida “Tashabbuskor koʻmakchi” shiori ostida xalq taʼlimi, madaniyat, sportni rivojlantirish, maʼnaviyat va maʼrifat, oliy taʼlim, axborot texnologiyalari hamda mudofaa tizimlari xodimlaridan iborat ishchi guruhlarini faoliyati boshlandi.

  Samarqand viloyatini Kattaqoʻrgʻon va Ishtixon tumanlarida 13-14 may kunlari masʼul tashkilotlar vakillari, shu jumladan tumanlardagi yoshlar yetakchilari, nuroniylar jamiyati, maʼnaviyat va maʼrifat markazi, mahalla raislari, maktablar targʻibotchilari va harbiy taʼlim oʻqituvchilari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Yigʻilishlarda Samarqand davlat tibbiyot universitetidan S.Halimov boshchiligidagi ishchi guruh vakillari ham qatnashdilar.

  Boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda belgilangan rejalarni amalga oshirish boʻyicha ishlarni olib borish, jumladan har bir mahallada yoshlar boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish, “Besh tashabbus” doirasidagi tadbirlarni oʻtkazishga koʻmaklashish, yosh avlod vakillari orasida maʼnaviy targʻibot ishlarini olib borish kabi masalalar keng muhokama etildi.

  Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Kattaqoʻrgʻon tumanini 69 ta, Ishtixon tumani boʻyicha 62 ta mahalla fuqarolar yigʻini biriktirilgan.



SamDTU matbuot xizmati