×
Menu
Close Menu

​SamDTU talabalari xalqaro olimpiada sovrindorlariga aylandi

  Joriy yilning 22-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida joylashgan Boshqird davlat tibbiyot universitetida "Dori vositasi: bemorgacha g'oyaviy yo'l" nomli Farmakologiya va farmatsiya bo‘yicha xalqaro olimpiada o‘tkazildi. Olimpiadada dunyoning ko‘plab oliy ta’lim muassasalari qatori Samarqand davlat tibbiyot universiteti Farmakologiya kafedrasi mudiri Soatboy Yuldashev boshchiligidagi universitet talabalari ham ishtirok etdi.

  Xalqaro olimpiadada SamDTU jamoasi (Rustamov Azizbek, Abdixalilov Mirziyo, Nuraliyev Axrorbek, Saidmurodov Maxmudali, Normuradov Nodirjon) muvaffaqiyatli qatnashib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

  Shuningdek, SamDTU delegatsiyasi Boshqird davlat tibbiyot universitetida ham bo‘lib, u yerdagi sharoitlar va ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishdilar. Ikki oliygoh o‘rtasidagi akademik harakatchanlik doirasida Farmakologiya kafedrasi mudiri S.Yuldashev ishtirokida talabalarga ma’ruzalar tashkil etildi.

SamDTU Matbuot xizmati