×
Menu
Close Menu

​Xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishidir

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika,OXI, xalq tabobati fakulteti xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishidir” mavzusida  tadbir o‘tkazildi.

  Tadbirda fakultet rahbariyati, SamDTU profilaktika inspektori O.Eshmuratov, Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori katta leytenant N.Burxanova, Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB 3-sonli IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori leytenant H.Ne’matova, Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB 3-sonli IIB SamDU xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori leytenant P.Xoliqulova hamda talabalar ishtirok etdi.

  Tadbir davomida so‘zga chiqqan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi G.Tursunova, pedagogika va psixalogiya kafedrasi dotsenti  O.Oltiboyevna hamda O.Eshmuratovlar talabalarga mavzu yuzasidan kerakli tushuntirishlarni berib o‘tdilar.

  Shuningdek, Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB JXX HPB XQMB katta inspektori katta leytenant N.Burxanova tomonidan Samarqand davlat tibbiyot universitetida talabalar orasida tazyiq va zo‘ravonlikka uchrayotganlar bilan hamkorlikda profilaktik ishlarni amalga oshirish, kelgusida xotin-qizlar o‘rtasida o‘z joniga suiqasd qilish holatlarini oldini olish maqsadida har qanday tazyiq yoki zo‘ravonlik haqida zudlik bilan tegishli idoralarga xabar berib borishlari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.

SamDTU Matbuot xizmati