Talabalar o‘rtasida To‘ra Sulaymon hayoti va ijodini keng targ‘ib qilish, yoshlarimizni mamlakatimizning yangi tarixiga va buyuk adiblarga nisbatan cheksiz hurmat va ehtirom ruhida tarbiyalash hamda vatanparvarlik his-tuyg‘ularini yanada oshirish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universitetida To‘ra Sulaymon hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy she’riyat kechasi tashkil etildi.
Tadbirda professor-o‘qituvchilar hamda talabalar tomonidan adibning ijod namunalari o‘qilib, To‘ra Sulaymon hayotiga doir ko‘plab ma’lumotlar ulashildi.
SamDTU Matbuot xizmati