Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

SamDTU akademik mobillik dasturlari amalda

  Samarqand davlat tibbiyot universitetini xorijiy oliy oʻquv yurtlari bilan tuzilgan hamkorlik shartnomalariga muvofiq, bugungi kunda professor-oʻqituvchilar va talabalarni akademik mobillik dasturlari universitet rektori prof. J.A.Rizayevni tashabbuslari bilan faol amalga oshirilmoqda.

  2022 yil 10-21 aprel kunlari 1-son bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri, t.f.d. Sh.A.Yusupov va “Fizika, biofizika va tibbiy fizika” kafedrasi katta oʻqituvchisi Sh.N.Xudayqulova akademik almashinuv dasturi doirasida Boshqird davlat tibbiyot universiteti (Ufa, RF) va Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasiga (Ijevsk, RF) tashrif buyurdi. Mazkur tibbiyot oliy oʻquv yurtlari rahbariyati bilan akademik mobillik boʻyicha hamkorlikni yanada kengaytirish, qoʻshma dasturlar va professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.

  SamDTU xodimlari “Bolalarda oʻtkir jarrohlik patologiyasida morfofunksional jarayonlar” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida maʼruzalar bilan qatnashdilar. Katta oʻqituvchi Sh.N.Xudayqulova tomonidan “Samarqand davlat tibbiyot universitetida COVID-19 sharoitida modul tizimini afzalliklari”ga bagʻishlangan maʼruzasi ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi va Universitetda oʻquv jarayonini tashkil etilishiga katta qiziqishni uygʻotdi.

  IDTA fiziologiya kafedrasi professori S.B.Yegorkina rahbarligida katta oʻqituvchi Sh.N.Xudayqulova tomonidan tajriba kalamushlarining shox pardasi toʻqimalariga aylanuvchi elektr maydoni bilan 10 va 20 kunlik taʼsirlar natijasida boʻladigan oʻzgarishlarni va stressga moslashishlarni oʻrganildi, tegishli hisob ishlari amalga oshirilib ilmiy tadqiqotni boʻlajak himoyasi haqida kelishib olindi.

  Shuningdek, IDTA tibbiyot va pediatriya fakultetlari talabalari uchun bolalar xirurgiyasi va biofizika boʻyicha maʼruzalar va seminarlar ham oʻtkazdi. Академия маъмурияти томонидан ходимларимизга тегишли сертификатлар ва миннатдорчилик хати топширилди.

  17-27 aprel kunlari 2-son bolalar xirurgiyasi kafedrasi dotsenti, t.f.d. F.Sh.Mavlyanov davlat tibbiyot universitetiga (Sankt-Peterburg, RF) tashrif buyurdi. Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti pediatriya fakultetining 5-kurs talabalari uchun “Bolalar xirurgiyasi” fanidan amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.

  20 aprel kuni Rossiya pediatriya jarrohlari assotsiatsiyasi, Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti tomonidan tashkil etilgan “Qiziloʻngach atreziyasi” simpoziumida hamda 21-23 aprel kunlari RFA muxbir aʼzosi, prof. Girey Bairov xotirasiga bagʻishlangan va 21-23 aprel kunlari Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi, prof. Girey Bairov xotirasiga bagʻishlangan “Bolalar jarrohligi, anesteziologiyasi va reanimatsiyasining dolzarb masalalari” XXVIII Rossiya talabalari ilmiy konferensiyasida ishtirok etildi. Simpozium dasturiga muvofiq dos. F.Sh.Mavlyanov “Yangi tugʻilgan qiziloʻngach atreziyasi bilan ogʻrigan chaqaloqlarning ovqatlanish holatini baholash” mavzusidagi taqdimot bilan qatnashdi hamda bolalar xirurgiyasining dolzarb masalalarini muhokama qilishga bagʻishlangan viloyat bosh pediatriya jarrohlarining seminarida ishtirok etdi. Shuningdek, Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti rektori, professor D.O. Ivanov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

  Tashriflar davomida Samarqand davlat tibbiyot universiteti xodimlari xorijlik hamkasblari bilan birgalikda oʻquv-uslubiy adabiyotlar yozish va nashr etish, darslar va mahorat darslari oʻtkazish hamda onlayn va oflayn rejimda malakasini oshirish, ilmiy izlanuvchilar va doktorantlar uchun onlayn maʼruzalar tashkil etish, shuningdek, qoʻshma doktorantura dasturlari asosida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash kabi masalalarni kelishib oldilar.





SamDTU matbuot xizmati