Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 18-apreldagi 6/18-1924-son xatining ijrosini taʼminlash maqsadida universitet talaba-yeshlaridan tashkil topgan Quvnoqlar va zukkolar jamoalarining Paxtachi tumanidagi mahallalarga chiqishlari toʻgʻrisidagi rejaga asosan 1-son “Davolash ishi” fakulteti talaba yeshlari 28-aprel kuni Paxtachi tumanida boʻlishdi. Tashrif davomida tuman hokimi oʻrinbosarlari, mutasaddi xodimlari bilan muloqot oʻtkazildi. Tumandagi “Koʻrpa”, “Gulshan”, “
Universitet xotin-kizlar maslahat kengashi raisi G.I.Xudayberdiyeva mamlakatimizda yeshlar uchun berilayotgan cheksiz imkoniyatlar, yaratilayotgan keng shart-sharoitlar, iqtidorli va isteʼdodli yeshlarni qoʻllab quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, universitetimiz hayoti toʻgʻrisida fikrlar bildirdi. Xotin-kizlar kengashi “Qizlarjon” klubi faollari sahnalashtirgan “Oʻz taqdiringga befarq boʻlma” deb nomlangan sahna koʻrinishi namoyish etildi.
1-son davolash fakulteti iqtidorli talaba yeshlari tomonidan qiziqarli chiqishlar, “Zakovat” intellektual oʻyinlari oʻtkazilib tadbir ishtirokchilari hamda yeshlarda katta taʼsirotlar qoldirdi va qiziqishlarini oshirdi.
SamDTU Matbuot xizmati