Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Samarqand davlat tibbiyot universiteti nufuzli xalqaro reytinga kirdi

  Oliy taʼlim muassasalarining nufuzli xalqaro reytingi hisoblangan Times Higher Education oʻzining 2022-yil uchun Impast reytingi (THE Impact Rankings 2022) natijalarini eʼlon qildi. Mazkur reytingdan mamlakatimizning 30 ta oliy taʼlim muassasasi oʻrin egalladi.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti xalqaro reytinga kirib Samarqand viloyati boʻyicha 1-oʻrinni egalladi.

  Maʼlumot uchun, 2021-yilda ushbu reytingga 10 ta oliy taʼlim muassasasi kirgan edi. Oʻtgan yili ushbu reytingda 94 ta davlatdan 1000 ga yaqin oliy taʼlim muassasalari ishtirok etgan boʻlsa, 2022-yilda 110 ta davlatdan 1500 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari qatnashdi.

  Reytingdan oʻrin olgan OTM bilan tanishish.



SamDTU matbuot xizmati