Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU jamoasi butun Rossiya talabalar ilmiy konferensiyasida 1-oʻringa sazovor boʻldi

  Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universitetida Rossiya FA muxbir aʼzosi, professor G.Bairovning 100 yillik yubileyiga bagʻishlangan 28-Butun Rossiya “Bolalar xirurgiyasi anesteziologiya va reanimatologiyasining dolzarb masalalari” Xalqaro talabalar ilmiy konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Konferensiya ishida Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari ham faol ishtirok etdilar.

  Anjuman ishida talabalarning abdominal xirurgiya, bolalar urologiyasi va andrologiyasi, torakal xirurgiya, chaqaloqlar xirurgiyasi, travmatologiya va ortopediya, bolalar xirurgiyasining xususiy masalalari, qiziqarli klinik vaziyatlar va eksperimental xirurgiya yoʻnalishlari boʻyicha maʼruzalari tinglandi va tanlov shartlari boʻyicha baholandi.

  Baholash natijalariga koʻra, SamDTU 1-son bolalar xirurgiyasi kafedrasi talabalari jamoasi 1-oʻrinni egalladi hamda konferensiyaning oltin medali, I darajali diplomi bilan taqdirlandi.

  Talabalarimizni ushbu yuqori natija bilan tabriklaymiz va Universitetimiz nufuzini oshirish yoʻlida yangi zafarlar tilab qolamiz!



SamDTU matbuot xizmati