Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Xorijlik talabalar uchun sport musobaqalari va koʻrik-tanlov tashkil qilindi

  Tibbiy pedagogika oliy hamshiralik ishi va xalq tabobati fakulteti, 3-son ichki kasalliklar va jismoniy tarbiya kafedralari bilan birgalikda xalqaro taʼlim fakultetini xorijlik talabalari yashaydigan 2-son talabalar turar joyida sport musobaqalari va ko‘rik-tanlov tashkil qilindi.

  Tadbirni tantanali ochilishida yoshlar bilan ishlar va maʼnaviyat boʻyicha prorektor E.S.Tangirov nutq soʻzlab, bugungi kunda talabalarni sogʻlom turmush tarzi hamda sportga jalb etish, ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish davlatimiz va universitet rahbariyatini eng ustuvor vazifalaridan biri ekanligini taʼkidladi.

  Sport musobaqalari — badminton, shaxmat, stol tennisi boʻyicha oʻtkazildi, bundan tashqari “Eng yaxshi xona” koʻrik-tanlov ham boʻlib oʻtdi. Musobaqa gʻoliblari va eng faol ishtirokchilariga tantanali ravishda diplomlar va faxriy yorliqlar topshirildi.

  Shuningdek, Ramazon oyi munosabati bilan TTJda barcha yashovchi talabalarga kechki palov uzatildi.



SamDTU matbuot xizmati