Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

1-son TTJda “Pazanda qizlar bellashganda” tanlovi boʻlib oʻtdi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-son talabalar turar joyida istiqomat qiladigan talaba-qizlar oʻrtasida “Pazanda qizlar bellashganda” tanlovi oʻtkazildi. Tanlov ishtirokchilari “Karving” sanʼati boʻyicha ham oʻz mahoratlarini namoyon etdilar.

  Pediatriya fakulteti “Klinik laboratoriya va diagnostika” kafedrasi va xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi tashabbusi bilan tashkil etilgan tanlovda fakultetning 8 nafar pazanda qizlari bellashishdi.

  Tadbirda universitet xotin-kizlar maslahat kengashi raisi G.I.Xudayberdiyeva va fakultet dekani S.A.Karabayevlar ishtirokchi qizlarga omad tilab, tanlovdan asosiy maqsad yoshlar isteʼdodlarini, iqtidorlarini namoyon etish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, milliy qadriyatlarimiz, oʻzaro xurmat-izzat va mehr-oqibatni mustahkamlash ekanligi toʻgʻrisida fikr bildirdilar.

  Ishtirokchi va gʻolib-qizlar fakultet dekanati va tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliqlar hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar. Tadbirda yangragan kuy-qoʻshiqlar esa barchaga koʻtarinki ruh bagʻishladi.


SamDTU matbuot xizmati