Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Xatirchi jamoat salomatligi texnikumida mahorat darslari oʻtkazildi

  16-aprel kuni belgilangan reja boʻyicha Samarqand davlat tibbiyot universiteti tibbiy pedagogika, oliy hamshiralik ishi va xalq tabobati fakultetiga qarashli ijtimoiy va gumanitar fanlar, rus va oʻzbek tili hamda umumiy xirurgiya kafedralari bir guruh oʻqituvchilarini Navoiy viloyati, Xatirchi tumanidagi Ibn Sino jamoat salomatligi texnikumiga tashrifi amalga oshirildi.

  Universitet oʻqituvchilari tomonidan texnikum oʻquvchilariga Taraqqiyot strategiyasini mazmun-mohiyati, tibbiy terminologiya hamda umumiy xirurgiyani dolzarb mavzulariga bagʻishlangan mahorat darslari oʻtkazildi.

  Shuningdek, universitet vakillari jamoat texnikumini 1-bosqich talabalarini “Qasamyod qabul qilish” tantanali marosimida ishtirok etdilar.

  Salomatlik texnikumini maʼmuriyati bilan hamkorlik qilish rejalari boʻyicha metodik yordam koʻrsatish haqida kelishib olindi.



SamDTU matbuot xizmati