13 aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetga akad. Y.X. Toʻraqulova nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Mehmonlar universitetda oʻquv jarayonini toʻlaqonli oʻtkazish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, universitet oʻquv xonalari va laboratoriyalarining texnik jihozlanish darajasini yuqori baholadilar. SamDTUda endokrinologlarni tayyorlash sifatini yanada oshirish uchun ilmiy-uslubiy yordam koʻrsatishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Universitet faollar zalida Markaz vakillarining professor-oʻqituvchilari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Shu yerni oʻzida Samarqand davlat tibbiyot universiteti va akad. Y.X. Toʻraqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi oʻrtasida Memorandum imzolandi. Imzolangan hujjatga koʻra, tomonlar ilmiy va taʼlim dasturlarini ilgari surish, konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari tashkil etish, kadrlar malakasini oshirish kabi ishlarini hamkorlikda amalga oshiradilar.
Shuningdek, Markaz vakillari – direktor, t.f.d. Feruz Toʻrayev va direktor oʻrinbosari t.f.d., prof. Feruza Xaydarova tomonidan SamDTU oʻqituvchilari, magistratura rezidentlari va klinik ordinatorlari uchun respublikada qandli diabet kasalligini davolashning hozirgi holati va istiqbollari toʻgʻrisida maʼruzalar oʻtkazdilar.
SamDTU matbuot xizmati