Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Qoʻshrabot maktabida kitobxonlik boʻyicha uchrashuv oʻtkazildi

  2022 yil 8-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti tibbiy kimyo kafedrasi bir guruh oʻqituvchilari Qoʻshrabot tumani 11-son umumtaʼlim maktabida yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda “Kitob-kelajak uchun yoʻl” uchrashuvini oʻtkazdilar. Uchrashuvda kafedra professor-oʻqituvchilari, Samarqand viloyati Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, “Seni sevaman hayot”, “Nur karvoni” “Koʻpi kam dunyo” kitoblar muallifi Naim Nur va Yusuf Axmedovlar qatnashdilar.

  Tadbirda chiqish qilganlar muhtaram Prezidentimiz “yurtimiz ravnaqi uchun kelajak yoshlar bilimli, shijoatli, tafakkurli boʻlishlari kerak. Buning uchun taʼlimni maktabdan kuchaytirish kerak” deya qayta qayta taʼkidladilar. Oʻquvchilarimizning bilimli boʻlishlari uchun kitob ularning asosiy doʻsti, yoʻl koʻrsatuvchi chiroq ekanligini, kuni kecha yurtimizda “Yosh kitobxon” tanlovi gʻoliblarining Prezident sovgʻasi “Spark” avtomobili va pul mukofotlari bilan taqdirlanishi mamlakatimizda asosiy eʼtibor taʼlimga qaratilganligi haqida tushuntirishlar berdilar.

  Bu uchrashuvdan oʻquvchilar katta taassurotlar olishdi. Samarqand davlat tibbiyot universitetining viloyatimizning chekka tumanlaridagi bu kabi koʻplab tashabbuslari kelajagimiz boʻlgan yoshlarimizga oʻz yoʻllarini topishlari uchun turtki boʻlishi va kelajakda oʻz samarasini berishi aniq.



SamDTU matbuot xizmati