Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Sohibqiron Amir Temurni tavallud topgan kuni arafasida xotirasi yod etildi

  9-aprel buyuk davlat arbobi, mahoratli sarkarda, Temuriylar sulolasini asoschisi Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun sifatida har yili mamlakatimizda keng nishonlanadi. Mazkur sana arafasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti fakultet va kafedralari tomonidan bir qator tadbirlar uyushtirildi.

  Shu jumladan, 2-son davolash ishi fakulteti dekani O.A.Xamidov boshchiligida dekan oʻrinbosarlari, tyutorlar hamda fakultet talabalari Amir Temur bobomizni xotirlash maqsadida Temuriylar davrida yaratilgan qadimiy qadamjolarga sayohat uyushtirdilar.

  Pediatriya fakulteti tyutori R.K.Karimova bilan birgalikda 1-bosqichning 2-3-oqim talabalari ham Goʻri Amir maqbarasiga ziyorat uyushtirdilar.

  Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti va patologik fiziologiya kafedrasi jamoasi ham talaba-yoshlar bilan Samarqand shahridagi Amir Temur haykali, Goʻri Amir maqbarasi va boshqa tarixiy obidalarga sayohat uyushtirildilar. Shuningdek, 3-son TTJda fakultet talabalari oʻrtasida “Kitobxonlik” tadbiri tashkil etilib yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni ommalashtirish masalalari muhokama qilindi.





SamDTU matbuot xizmati