Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Ishtixon tumanida sayyor maʼruzalar oʻtkazildi

  5-6 aprel kunlari Samarqand davlat tibbiyot universiteti “Ijtimoiy va gumanitar fanlar” kafedrasi katta oʻqituvchisi Sherzod Majidov tomonidan “Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot Strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar” mavzusida Samarqand viloyati Ishtixon tumani mahallalari aholisi uchun sayyor maʼruzalar oʻtkazildi. Uchrashuvda mahalla faollari, maktablar maʼnaviyatchilari va pedagoglari, oʻquvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

  Ishtixon tumani “Qiyot” mahalla fuqarolar yigʻini Mevali qishlogʻi 58-son umumtaʼlim maktabi va “Joʻra Maxmudov” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan 35-son umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan maʼrifiy tadbirlarda Majidov Sh.F. Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot Strategiyasida belgilangan ustuvor yoʻnalishlar va vazifalar, shu jumladan taʼlim va sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlar, batafsil tushuntirib berildi, joylarda mazkur strategik ahamiyatga ega boʻlgan dasturlarni hujjatni keng jamoatchilikka tushuntirish zarurati aytildi. Uchrashuvda tuman ijodkorlari va yozuvchilari ham chiqishlar qilib oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar. Ishtirokchilar taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalarida boʻlayotgan ijobiy oʻzgarishlar, davlatimiz tomonidan xususiy taʼlim muassasalari va tibbiyot klinikalarini ochish uchun yaratilayotgan qulayliklar va imkoniyatlar, shu jumladan Samarqand davlat tibbiyot institutiga “Universitet” maqomi berilishini yuqori baholadilar va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yoʻlida yangi zafarlar tiladilar.

  Tadbirlar ishtirokchilari tomonidan berilgan barcha savollariga batafsil javoblar qaytarildi. Tumanlarda targʻibot-tashviqot ishlari davom etmoqda.



SamDTU matbuot xizmati