Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Samarqand davlat tibbiyot instituti Rektori J.A.Rizayevga Qozogʻiston milliy tibbiyot universitetining "Faxriy professori" unvoni berildi

  S. D. Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti bilan Samarqand davlat tibbiyot instituti oʻrtasida onlayn ravishda uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda QozMTU hamda SamDTIning prorektorlari, dekanlari hamda professor-oʻqtuvchilari ishtirok etishdi.

  Uchrashuv davomida tibbiyot sohasidagi muammolar, erishilgan yutuqlar haqida, shuningdek, tibbiyot universiteti oʻrtasida hamkorlikda qilinishi lozim boʻlgan ishlar xususida muzokaralar olib borildi. Ayniqsa, tibbiyot sohasiga, shuningdek tibbiy kadrlarga ehtiyoj har qachongidanda yuqori boʻlgan hozirgi vaziyatda ikki davlat tibbiyot muassasalarining oʻzaro hamkorlikdagi faoliyati yuqori ahamiyat kasb etishi aytib oʻtildi.

  Uchrashuv soʻnggida S.D Asfendiyarov nomidagi QozMTU rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Nurgojin Talgat Seitjanovich ilmiy kengash qarorini oʻqib eshittirdi va SamDTI rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Rizayev Jasur Alimdjanovichga S. D. Asfendiyarov nomidagi QozMTUning "FAXRIY PROFESSORI" unvonini topshirdi.

  Oʻzining soʻzida prof. Jasur Rizayev Universitet rahbariyati va butun jamoasiga minnatdorchilik bildirib, har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga doimo tayyor ekanligini bildirdi.

  Hamkorlik masalalari kelgusida ikki OTM o’rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonib qolamiz.



SamDTI Matbuot xizmati