Mamlakatimizda yoshlarga boʻlgan eʼtibor, oʻsib kelayotgan barkamol avlodga boʻlgan gʻamxoʻrlik davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani bilan ham juda ahamiyatlidir.
Yoshlarga qaratilgan eʼtibor, ularni qoʻllab – quvvatlash darajasi kun sayin ortib borayotgani oʻgʻil-qizlar uchun koʻplab imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Zero yoshlar vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkorlaridirlar.
2022-yil 16-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori, professor Jasur Rizayev hamda Davolash ishi fakultetining 1- bosqichida tahsil olayotgan talaba yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda institut rektori Jasur Rizayev fakultet miqyosida olib borilayotgan ishlar, professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarga toʻxtalib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar xususida takliflar berdi.
1. Tibbiyot sohasida raqobatdosh kadrlarni yaratish asosiy maqsad ekanligi.
2. Talaba yoshlarning ilmiy ishlar bilan shugʻullanishlariga koʻproq vaqt ajratishlari zarur ekanligi.
3. Mehnat bozorida institut bitiruvchi talabalar oʻz oʻrinlariga ega bolishlari lozimligi
4. Talabalar professor oʻqituvchilar bilan doimiy savol javob, muloqot tarzida ishlab, oʻz bilim va koʻnikmalarini mustahkamlab borishlari kerakligi kabi bir qator masalalar aytib oʻtildi.
Ochiq muloqot koʻrinishini olgan tadbirda talabalar oliygoh rahbariyatidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, o'zlarining takliflarini ham bildirib o'tdilar.
Yoshlar yilida, yoshlar bilan ishlash mexanizmi yaratilganligi, shu oʻrinda talaba-yoshlarga katta imkoniyatlar yaratilayotganligi quvonarli hol ekanligini taʼkidlandi.
Maʼlumot uchun hozirda SamDTI jami 1815 nafar 1-bosqich talabalari tahsil olib kelmoqda. Xorijlik talablar va qoʻshma taʼlim asosida qabul qilingan talablar ham shular jumlasidandir.
SamDTI Matbuot xizmati