Bugun 7-mart kuni SamDTI tomonidan 8-mart — Xotin-qizlar kuniga bagʻishlab bayram dasturi tashkil etildi. Bayramda SamDTI professor oʻqituvchilari va xodimlari ishtirok etishdi.
Bayram dasturini SamDTI rektori J.A.Rizayev oʻz tabrik soʻzlari bilan ochib berib, institutdagi barcha maftunkor, ziyoli ayol professor oʻqituvchilar hamda xodimlarni shuningdek barcha xotin-qizlarni kirib kelayotgan bayram munosabati bilan chin dildan qutladi. Ularga bahor fasli singari goʻzal, nafis va latofatli boʻlib yurishlarini va sogʻlik, ishlarida omadlar tiladi.
Bir necha yillardan buyon samarali mehnat qilib, oʻzining koʻp qirrali faoliyati bilan namuna boʻlib kelayotgan SamDTIning ma'muriyati, klinikalari va akademik litseyning ayol xodimlari faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
Soʻngra tantanali konsert dasturi tashkil qilinib, koʻngilochar qoʻshiqlar kuylandi. SamDTI iqtidorli talabalari tomonidan bir qancha badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Shuningdek, bugun SamDTI 1-son klinikasida ham bayram munosabati bilan tadbir uyushtirilib, barcha ayol xodimlar bayram bilan tabriklandi. Ularga esdalik sovgʻalari ulashildi.
SamDTI Matbuot xizmati