Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Samarqand shahrida Oliy ta'lim vazirligi, O'zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Ta'lim inspeksiyasi hamda OTM lar rahbarlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi

  Joriy yilning 3-5-mart kunlari Taʼlim inspeksiyasi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Samarqand viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari va maktablardagi taʼlim sifatining holati va ularda yaratilgan sharoitlar oʻrganib chiqildi. Ushbu masala yuzasidan bugun 5-mart kuni Samarqand shahridagi Yoshlar markazi binosida Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov, Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Xurshid Ochilov, rektorlar, xalq taʼlimi, maktabgacha ta'lim hududiy boʻlinmalari rahbarlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

  Yigʻilishda viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari, texnikumlar va umumtaʼlim maktablari faoliyati boʻyicha olib borilgan oʻrganish natijalari muhokama qilindi.

  Taʼlim tizimida amalga oshirilgan ishlar, yutuqlar oʻquv jarayonlarini zamonaviy va sifatli tashkil etish hamda innovatsion texnologiyalardan foydalanish borasida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar, OTMlarning raqobatbardosh, malakali kadrlar yetishtirib berish masalalari yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.

  Boʻlib oʻtgan yigʻilishida Samarqand davlat tibbiyot instituti rahbariyati ham ishtirok etdi hamda muhokamaga qoʻyilgan masalalar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, endilikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.




SamDTI Matbuot xizmati