8 - Mart “Xalqaro xotin qizlar kuni” munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot institutida bir qancha tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, professor – oʻquvchilar, va institut xodimlari oʻrtasida shaxmat, shashka, stol tennisi va armrestling sport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi. Musobaqalar bayramona tarzda, koʻtarinki kayfiyatda boʻlib oʻtdi.
Shuningdek, tadbir doirasida koʻngilochar konsert dasturi tashkil etilib, faol boʻlgan xotin-qizlarga gullar hamda esdalik sovgʻalari ulashildi.
SamDTI Matbuot xizmati