Samarqand Davlat tibbiyot instituti Umumiy xirurgiya kafedrasi, Samarqand Davlat tibbiyot instituti 1-son klinikasi Proktologiya boʻlimiga Turkiyaning Sogʻliq bilimlari universiteti, tibbiyot fakulteti, Jamil Tajioglu nomidagi Istanbul shahar klinikasi umumiy xirurgiya boʻlimi professori Ismail Yilmaz tashrif buyurdi. Ushbu tashrif doirasida professor Ismail Yilmaz tomonidan ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi. Tashrif davomida Samarqand Davlat tibbiyot instituti umumiy xirurgiya kafedrasi xodimlari va talabalar uchun “Anorektal xastaliklar” mavzusida maʼruza oʻqildi. Maʼruza davomida xodimlar va talabalar tomonidan qiziq tirilgan savollariga javoblar olindi.
Tashrif davomida umumiy xirurgiya kafedrasi bazasida professor Ismail Yilmaz xamda kafedra mudiri dotsent Sherbekov Ulugʻbek Axrorovich, kafedra dotsenti Murtazayev Zafar Israfulovich tomonidan jarroxlik amaliyoti oʻtkazildi. Jumladan 1 nafar bemorda “Laparoskopik xolesistektomiya”, 1 nafar bemorda “laparoskopik oʻng tomonlama gemikolektomiya” operatsiyalari zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida muvaffaqiyatli bajarildi. Jarrohlik amaliyotidan keyin kafedra xodimlari xamda professor Ismail Yilmaz bilan birgalikda kelajakdagi ilmiy-amaliy ishlar rejasi kelishib olindi. Ushbu kelishuv rejasi asosida akademik mobillik yoʻlga qoʻyilishi belgilandi.
SamDTI Matbuot xizmati