Yoshlarga qaratilgan "Prezidentning 5 muhim tashabbusi”ning biri boʻlgan yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida oʻz qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish masalalari ijrosini taʼminlash doirasida SamDTI 3-son TTJda shaxmat va shashka musobaqalari tashkil etildi.
Musobaqada “Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya” fakulteti talabalari hamda 1- va 3-son TTJda yashovchi barcha fakultet talabalari ishtirok etdi. Kech soat 18:00dan 20:30 gacha davom etgan musobaqada talabalar oʻzlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish bilan birga shaxmat-shashka boʻyicha amaliy va nazariy bilimlarini yanada mustahkamladilar. Musobaqa ishtirokchilariga oʻyin vositalari va turli kitoblar taqdim etildi.
Tadbir soʻnggida Maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha masʼul Mamasoliyeva Shohista Аbdugapparovna 5 tashabbus doirasidagi ushbu yoʻnalishda kelgusida talabalar oʻrtasida voleybol oʻyini musobaqasi tashkil etilishi haqida soʻz yuritib, barchani ushbu musobaqada qatnashishga chorladi.
SamDTI Matbuot xizmati