Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Samarqand davlat tibbiyot instituti Jamoasi Qoʻshrabotda

  Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunlari talablariga asosan viloyatda xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifati va samaradorligini oshirishga oid muammolarni oʻrganish va ularni bartaraf etish, faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish boʻyicha oliy taʼlim muassasalari bilan umumiy oʻrta taʼlim maktablari hamkorligini tashkil etish maqsadida Samarqand viloyati hokimligining 2022 yil 11-yanvardagi “Samarqand viloyatida taʼlim sifatini oshirishga erishiladigan maqsadli koʻrsatgichlar boʻyicha oxirgi oʻrinlarni egallagan maktablarda taʼlim sifatini koʻtarish toʻgʻrisida” gi 10-7-0-Q/22-sonli Qarori tasdiqlangan edi.

  Ushbu qarorga muvofiq samarqand davlat tibbiyot institutiga Viloyatimizning Qoʻshrabot tumanidan 15 ta umumtaʼlim maktablari biriktirilgan edi. 14-fevral kuni institut professor - oʻqituvchilari va iqtidorli talaba-yoshlari tumandagi mazkur maktablarga tashrif buyurdilar. Tashrif doirasida jumladan:

  •Biriktirilgan maktablar oʻquvchilari va uyushmagan yoshlar vakillari institutning klinik kafedralari professor-oʻqituvchilari tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Biriktirilgan 15 ta maktabga institut tomonidan ishchi holatdagi 50 ga yaqin kompyuterlar sovgʻa qilindi.

Shuning bilan birga “Yashil makon” va “Yashil yillik” aksiyalari doirasida tumanning 15 ta maktabining barchasida 500 dan ortiq mevali va manzarali koʻchatlar oʻtqazildi.

  •Qoʻshrabot tumanining 2- son umumtaʼlim maktabida Sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida Stomatologiya fakulteti professor — oʻquvchilari , talabalari “Yorqin tabassum” shiori ostida maktab oʻquvchilariga tushuntirishlar berib, maktab oʻquvchilarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, kerakli koʻrsatmalar berildi.

  •Oqtepa qoʻrgʻonchasining Madaniyat uyida Tibbiyot instituti qaramogʻidagi oʻquvchilariga Madaniyat uyi xodimlari va SamDTIning iqtidorli talabalari tomonidan turli milliy kuy — qoʻshiqlar hamda turli chiqishlar taqdim qilindi.

  •Biokimyo kafedrasi xodimlari ham Qoʻshrabot tumanidagi 70-maktabga tashrifi doirasida mevali daraxtlar ekildi, xodimlar va oʻquvchilar tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi hamda bitiruvchi sinf oʻquvchilariga mahorat darslari tashkil etildi.

  Shuningdek maktabga printer va laboratoriya jihozlari berildi.

  •Tumandagi 11-maktabga 50 dan ortiq badiiy va jahon adabiyoti namunalari, 20 dan ortiq kimyo, fizika va biologiya fanlaridan elektron darsliklar berildi. Kimyo laboratoriyasi toʻliq jihozlanib, virtual laboratoriyalar uchun televizor hamda uni ishlatish uchun virtual laboratoriya toʻplami hamda darslarini sifatli oʻtkazish maqsadida fizika xonasiga proyektor taqdim etildi. Bundan tashqari oʻquvchilarning oʻqishdan boʻsh vaqtlarini hunarmandchilikni oʻrganishga sarflashlari uchun soʻngi rusimdagi tikuv mashinasi berildi.

  Eng ahamiyatlisi shundaki ushbu maktablarda turli jabhalarda namuna boʻlib kelayotgan hamda aʼlochi boʻlgan 20 nafar oʻquvchiga SamDTI stipendiyasi taqdim etildi. Ushbu stipendiya har oy davomida berib boriladi.


SamDTI Mabuot xizmati