Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTI klinik ordinatorlariga yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlari boʻlib oʻtmoqda

  Hozirgi kunda yetuk va malakali tibbiy kadrlar yetishtirib berish masalasi zamon talabidir. Va bu talab bevosita tibbiyot oʻquv muassasalariga qaratiladi. Tibbiy OTMlarda taʼlim jarayonini yuqori saviyada tashkil etish muhim ahamiyatga egadir. Zero oʻquv jarayonlari va imtihonlarning toʻgʻri va zamon talabiga mos shaffof tarzda oʻtishi malakali mutaxassislar tayyorlash yoʻlidagi muhim vosita boʻlib xizmat qiladi desak mubolagʻa boʻlmaydi.

  Xususan, SamDTI da ham boshqa OTMlar singari attestatsiya jarayonlari oʻtkazildi. Attestatsiyada Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Nargiza Yarmuxamedova, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Shuxrat Ziyadullaevlar ishtirok etib, yigʻilgan klinik ordinatorlarga muvaffaqiyat va omad tiladilar.

  Maʼlumot uchun, Akusher va ginekologiya mutaxassisligi boʻyicha 26 nafar, endokrinologiya mutaxassisligi boʻyicha 6 nafar, kardiologiya boʻyicha 18 nafar, umumiy xirurgiya boʻyicha 4 nafar va Yuz-jagʻ xirurgiyasi mutaxassisligi boʻyicha 3 nafar, jami 57 nafar ordinatura rezidentlari yakuniy davlat attestatsiyasini topshirdi.



SamDTI Matbuot xizmati