Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bogʻi erta tongdan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-oʻqituvchilar, yozuvchilar, shoirlar, talaba va oʻquvchilar bilan gavjum boʻldi.
Buyuk mutafakkir tavalludining 581-yilligi munosabati bilan bogʻ markazida oʻrnatilgan Alisher Navoiy haykali poyida tadbir oʻtkazildi. Unda buyuk bobokalonimizning hayoti, boy madaniy merosi va bugungi kunda yoshlar tarbiyasidagi oʻrni xususida fikr yuritildi. Hazrat Navoiy asarlari dunyo xalqlarining bebaho maʼnaviy merosiga aylangani qayd etildi. Tadbirda Samarqand davlat tibbiyot instituti jamoasi ham qatnashdi.
SamDTI Matbuot xizmati