Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”
Mazkur qaror ijrosini taʼminlash hamda biriktirilgan maktablar bilan hamkorlik ishlarini olib borish maqsadida 2022 yil 5-fevral kuni Qoʻshrabot tumani hokimligida viloyatimizdan tuman maktablariga barcha biriktirilganlar, jumladan Samarqand davlat tibbiyot instituti tomonidan biriktirilgan tomonidan maktablarda kelgusida amalga oshiriladigan quyidagi ishlar kelishib olindi:
-Taʼlim sifatini oshirish boʻyicha:
Maktablarga biriktirilganlar tomonidan tumandagi reytingda eng past oʻrinlarda boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari bilan tasdiqlangan reja-grafik asosida ishlarni tashkil etish; Belgilangan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida yil yakuniga qadar hududlardagi reytingi eng past oʻrinlarda boʻlgan maktablarning barchasida oʻqituvchi va oʻquvchilardan nazorat ishlarini olish hamda ularning taʼlim sifatini oshirish boʻyicha taklif va muammolarini oʻrganish; oʻrganilgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida aniqlangan muammolarning yechimi va hududda taʼlim sifatini koʻtarish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish; ishchi guruhlari tomonidan oʻrganilgan maktablarga belgilangan topshiriqlarni ijrosi boʻyicha har haftaning yakuni bilan tashrif buyurish, amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish va tegishli amaliy-metodik yordam koʻrsatish; oʻquvchilar bilimini baholash va olgan baholarini haftalik, oylik monitoringi yuritilib, muhokama qilish; maktabning moddiy-texnik bazasini boyitish boʻyicha takliflar tayyorlash;
- Bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalariga kirish koʻrsatkichini koʻtarish maqsadida:
Qoʻshrabot tumanidagi reytingda eng past oʻrinlarda boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida bitiruvchilarni kasbga yoʻnaltirish va oliy taʼlim muassasalariga kirishini muvofiqlashtiruvchi “Abituriyent shtablarini” tashkil etish; “Abituriyent shtablarini” jihozlash hamda Respublika va xorijiy oliy oʻquv yurtlari roʻyxati, yoʻnalishlar boʻyicha kirish ballarini taqdim etish bilan birga 9, 10, 11-sinflardan kasbiy-psixologik soʻrovnomalar oʻtkazilishini taʼminlash; soʻrovnoma natijalari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchilar salohiyatidan kelib chiqib, oʻquv rejalar asosida oliy taʼlim muassasalariga tayyorlov sinflarini tashkil etish; oʻquvchilarning maktabda birinchi yoki ikkinchi navbatda taʼlim olishini inobatga olib, malakali maktab va institut professor-oʻqituvchilarining chet tillari, aniq va tabiiy hamda ijtimoiy gumanitar fanlardan birinchi navbatda va undan keyingi vaqtlarda toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish; Davlat test markazining viloyat boʻlimi bilan birgalikda har uch oyda bir marotaba ushbu umumiy oʻrta taʼlim maktabi bitiruvchilaridan tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha test sinovlarini oʻtkazish hamda bitiruvchilarning natijalarini maktab pedagogik kengashi, ota-onalar yigʻilishida muhokama etib borish;
-Jamoatchilik hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda:
Ota-onalar o‘rtasida farzandining ta’lim-tarbiyasiga mas’uliyatini oshirish va ta’lim muassasalari bilan doimiy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilarning uyda, ota-ona nazorati ostida dars tayyorlashini tashkil etilishi holatini o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish; maktab o‘quvchilari hamda maktabning sobiq bitiruvchilari muloqotlarini tashkil qilish hamda sobiq bitiruvchilarning umumta’lim muassasasiga moddiy va ma’naviy ko‘magini tashkil etish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish; maktab direktori ish faoliyati samaradorligini har oyda bir marta tahlil qilish, direktorning ish faoliyati “qoniqarsiz” deb baholangan taqdirda maktab direktorini lavozimda qolishi yoki qolmasligi to‘g‘risida
institut rektori bilan birgalikda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga takliflar taqdim etish kabi vazifalarni amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi.
Tadbirda institut yoshlar masalalari va maʼnaviy maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor E.S. Tangirov, Qoʻshrabot tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari X.Sh.Kubaevlar hamda tuman xalq taʼlimi boʻlimi