Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Samarqand davlat tibbiyot institutida ilmiy-tadqiqot va nashriyot ishlari bo‘yicha o‘quv seminar o’tkazildi

  Nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etish faolligini va xodimlarning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini rasmiylashtirish bo‘yicha bilimlarini oshirish maqsadida 2022-yil 5-fevraldan boshlab Samarqand davlat tibbiyot institutida yangi tadqiqotchilar va yosh olimlar uchun maxsus o‘quv kurs boshlandi. Ushbu kursda kafedralar va kurslar assistentlari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va institut magistratura bosqichining rezidentlari qatnashdilar.

  O’quv kurs ilmiy muammoni shakllanishidan boshlab, ilmiy maqola va tezislarni yozish va nashr etish, adabiyotlarni tanlash va tayyorlash, tadqiqotning asosiy turlari va statistik ma'lumotlarni qayta ishlash asoslari bilan tanishish, tadqiqot loyihalari va grantlar, axloqiy komissiyadan o'tish uchun ma'lumotlarni taqdim etish va ilmiy tadqiqot ishlarining barcha tomonlarini qamrab oladi.

  O’quv kursning birinchi kunida institutning yangi binosi majlislar zalida Ijtimoiy vа gumаnitаr fаnlаr kаfedrаsi mudiri, PhD, Aziza Maxmudova “Maqolalar tayyorlash va chop etish asoslari” mavzuda ma’ruza qildi. Taqdimotda reytingi yuqori jurnallarda chop etilishning institut reytingini oshirishida katta ahamiyati, ilmiy maqola tushunchasini aniqlash, ularni yozish va loyihalash metodologiyasi, chop etish uchun jurnallarni izlash va tanlash, iqtibos va impakt faktor, shuningdek, zamonaviy ilmiy tadqiqotlarning boshqa tarkibiy qismlariga bag’ishlangan masalalar yoritildi.

  Seminar juda faol ruhda o‘tdi, ma’ruzachi seminar ishtirokchilarining ko‘plab savollariga javob berdi.



SamDTI Matbuot xizmati