Respublikamizda sogʻliqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni ustuvor yoʻnalishlaridan biri bu birlamchi muassasalarini ishlashi, ularda faoliyat koʻrsatayotgan tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish, oʻquv bazalar moddiy-texnik taʼminotini yaxshilashdan iborat.
Samarqand davlat tibbiyot instituti rahbariyatini tashabbusi bilan Samarqand shahar 3-son oilaviy poliklinika bazasida joylashgan diplomdan keyingi taʼlim fakulteti “Umumiy amaliyot/oilaviy tibbiyot” kafedrasi kapital qayta taʼmirdan chiqarildi. Mazkur kafedrada viloyatimiz va qoʻshni viloyatlar oilaviy poliklinikalarini deyarli barcha shifokorlari oʻz malakalarini oshiradilar.
Yangilangan kafedrani tantanali ochilishida institut rektori Jasur Rizayev kafedralar moddiy-texnik taʼminotini kuchaytirish va oʻquv jarayonni sifat darajasini doimiy ravishda yuksaltirish eng ustuvor vazifa ekanligini taʼkidlab oʻtdi. Soʻz olgan kafedra xodimlari va oʻz malakalarini oshirilayotgan kursantlar institut rahbariyatiga yaratilgan sharoitlar uchun oʻz minnatdorchiliklarini bildirib oʻtdilar.
Kafedra amaliy koʻnikmalarni oʻrgatish kabineti, axborot resurslar kabineti, oilaviy shifokor ish joyi kabinet-modeli, oʻqituvchilar xonalari, oʻquv xonalar hamda katta konferens-zal eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlab berildi.
Taʼkidlash lozim, institut mazkur kafedrasini xodimlari tibbiyot tizimi birlamchi boʻgʻinlari bilan doimiy ravishda hamkorlikda boʻlib, oilaviy shifokorlarga muntazam ravishda konsultatsiyalar berib hamda ogʻir bemorlarni klinik tekshiruvlarini tashkil qilish ishlarini amalga oshirib kelmoqdalar.
SamDTI matbuot xizmati