24-yanvar kuni SamDTI rektori Yoshlar va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor, dekan oʻrinbosarlari, psixologlar, kafedra xodimlari, yosh olimlar kengashi aʼzolari va yoshlar ittifoqi faollari ishtirokida yigʻilish oʻtkazdi.
Yigʻilishda davlatimiz rahbarining 2022-yil 19-yanvar kuni imzolangan “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tuban takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan vazifalar belgilandi. Xususan, SamDTIga biriktirilgan mahallalar, Qoʻshrabot, Urgut va Pastdargʻom tumanlaridagi maktab oʻquvchilari, shuningdek SamDTI talabalarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish borasida qilinishi kerak boʻlgan ishlarning yoʻl xaritasini tuzish borasida aniq choralar belgilandi.
Talabalarni turli sport, sanʼat va ilmiy toʻgaraklarga jalb qilish orqali ularning faolligini yanada oshirish borasida fikr almashinildi. Shu bilan birga bugungi islohotlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi va kutiladigan pirovard natijalar tahlili qilindi.
Ahamiyatli jihati shundaki, endilikda SamDTIda yil davomida institut va jamoat ishlarida faol boʻlgan hamda oʻqishda eng yuqori koʻrsatkichlarga erishgan talabalarga grant ajratish masalasi ham koʻrib chiqildi. Shuningdek, SamDTIda “Rektor stipendiyasi” sohiblari sonini yanada koʻpaytirish rejalashtirilgan.
SamDTI matbuot xizmati