Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Institutda yuqori reytingli jurnallarda nashr qilish masalalariga bagʻishlangan seminar-trening boshlandi

  5-yanvar kuni Samarqand davlat tibbiyot institutini yangi oʻquv binosida professor-oʻqituvchilar uchun yuqori reytingli jurnallarda ilmiy maqolalarni nashr qilish masalalariga bagʻishlangan seminar-trening boshlandi.

  Seminarni olib boruvchi gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri PhD Aziza Maxmudova oʻzini nutqini yuqori reytngli jurnallarda nashr qilishni dolzarbligi, milliy va xalqaro reyting tizimlariga institutni mavqeini koʻtarishdagi muhimligidan boshladi. Seminarda ilmiy tadqiqotlar olib borish va ularni natijalarini rasmiylashtirishga doir keng masalalar, shu jumladan ilmiy maqola tushunchasi, ilmiy natijalarni umumlashtirish usuli va uslubiyati, ilmiy maʼlumotlar bazalari, ilmiy nashrlarga qoʻyiladigan zamonaviy talablar, iqtiboslik, impakt-faktor kabi masalalar muhokama etildi.

  Seminar-trening jonli muloqot shaklida oʻtkazildi, ishtirokchilar berilgan barcha savollariga batafsil javoblarni oldilar.




SamDTI matbuot xizmati