Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTI vakillari Turkiyaning “Sogʻlik bilimlari universiteti”da akademik mobillikni amalga oshirdilar

  7 - noyabrdan 11 - dekabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot institutini bir guruh talabalari va professor-oʻqituvchilari Turkiyaning “Sogʻlik bilimlari universiteti”da akademik mobillik dasturi boʻyicha boʻldilar.

  Safar davomida institut vakillari Turkiyaning Sogʻlik bilimlari universiteti va u qoshidagi eksperimental tibbiyot tadqiqot markazida boʻlib, universitet prorektori Murat Elevli hamda stomatologiya fakulteti dekani muovini Tahsin Tepecik bilan uchrashdilar. Tashrifning dastlabki haftasida oʻqituvchi va talabalar “Sultonbeyli” stomatologiya oʻquv va tadqiqot shifoxonasi, “Umranie” ginekologik va pediatriya oʻquv-tadqiqot klinikasiga tashrif buyurdilar va mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

  SamDTI delegatsiyasi “Nejdet Sağlam” shifoxonasiga ham tashrif buyurib, bosh shifokor hamda bolalar endokrinologiyasi boʻlimi mudiri Coshkun Cheltik, neonatologik reanimatsiya boʻlimi mudiri İlke Mungan Akin, dermatologiya boʻlimi mudiri İlkin Zindanjilar bilan samarali muloqotlar olib bordilar.

  Institut vakillari Turkiyani ilgʻor tibbiyot oliygohlaridan hisoblanadigan “Sogʻlik bilimlari universiteti”dagi oʻquv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan ham tanishishdilar. Mazkur akademik mobillik doirasidagi tashrif institutimiz akademik potensialini oshirish va xalqaro aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.




SamDTI matbuot xizmati