Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Yil ayoli” milliy koʻrik-tanlovning hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi

  2021-yil 29-oktabr kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash Davlat maqsadli jamgʻarmasi tomonidan har yili tashkil etiladigan “Yil ayoli” milliy koʻrik-tanlovning hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.

  Tadbirdan koʻzlangan maqsad — jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, ibratli xotin-qizlarni aniqlash, ularning faoliyatini keng jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, ilgʻor ish tajribasini ommalashtirish. Koʻrik-tanlovda ishtirokchilar 3 ta shart boʻycha bellashdilar.

  Samarqand davlat tibbiyot institutidan tanlovda 2-son otorinolaringologiya kafedrasi mudiri t.f.d. M.T.Nasriddinova ishtirok etdi va faxrli 1-oʻringa sazovor boʻlib, tanlovning viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.


SamDTI matbuot xizmati