Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Italiya Otorinolaringologlar delegatsiyasini SamDTIga tashrifi

  Italiyaning Otorinolaringologlar jamiyatining EKS prezidenti Desiderio Passali, Italiya Rinologiya jamiyati prezidenti Gaetano Motta, Italiya bolalar otorinolaringologiyasi jamiyatining faxriy prezidenti Luiza Bellussi, Italiya rinologiya jamiyatining prezidenti Felise Skasso, Italiya rinologiya jamiyatining a'zosi Paskual Kassano, Rim La Sapienza universitetining pediatriya professori Mariya Pia Villa, Otorinolaringolog mutaxassislari Giovanni Motta, Marco Piemonte Valerio Damianidan iborat rasmiy delegatsiya Samarqand davlat tibbiyot institutida boʻldi.

  Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari SamDTI rektori J.Rizaev bilan uchrashib kengaytirilgan muzokaralar olib bordilar. Doʻstona ruhda oʻtgan muzokaralar davomida Italiyalik hamkasblar bilan shifokorlar malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash, hamkorlikda ilmiy-tadqiqot izlanishlari oʻtkazish, ilgʻor innovatsion davolash-tashxislar usullarini ishlab chiqish va yuqori malakali tor mutaxassisliklar boʻyicha shifokorlar tayyorlash va uzluksiz kasbiy taʼlim bilan toʻliq qamrab olishni taʼminlashni tashkil etish, shuningdek, sogʻliqni saqlash sohasidagi innovatsiyalarni jahon darajasida rivojlantirish va ularning global ilmiy maydonga integratsiya qilish rejalashtirildi.

  Shuningdek, Italiya davlatining oliy taʼlim muassasalari bilan oliy tibbiy taʼlim, ilmiy faoliyat, akademik mobillik va boshqa sohalarda hamkorlikni yangi sifat darajasiga olib chiqish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi. Italiyalik delegatsiya aʼzolari munosabatlarning yuqori bosqichga koʻtarilganini eʼtirof etdi.

  Institutdagi sharoitlar bilan tanishish davomida, delegatsiya aʼzolari yurtimizda taʼlim jarayonlariga berilayotgan eʼtiborni yuqori baholadi.





SamDTI matbuot xizmati