Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Farmatsiya fakulteti talabalari bilan uchrashuv oʻtkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot instituti yangi binosi majlislar zalida farmatsiya fakulteti birinchi kurslari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

  Uchrashuvda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor E.S. Tangirov, fakultet dekani N.M. Shavazi, institut xotin-qizlar maslahat kengashini raisi G.I. Xudoyberdiyeva, dekan oʻrinbosarlari, fakultetga qarashli kafedra mudirlari va fakultet yoshlar yetakchisi N.N. Nurmamadovlar qatnashdilar.

  Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor E.S. Tangirov talabalarga kelgusida yaxshi mutaxassis boʻlib, Respublikamizga xizmat qilishi uchun yaxshi oʻqib, puxta bilim olishlari, har tomonlama yetuk boʻlishlari haqida gapirdilar. Institutimizning faol va iqtidorli talabalari tomonidan erishilgan yutuqlari haqida maʼlumot berib oʻtdilar va yigʻilishga kelgan talabalarni ham Respublikamiz va institutimiz miqyosida oʻtkaziladigan tadbirlarda faol qatnashishlarini taʼkidladilar va talabalarga kelgusidagi oʻqishlariga omad tiladilar.

  Fakultet dekani professor N.M. Shavazi barcha ishtirokchilarni qutlab institut tarixi va hozirgi kuni, institutimiz rahbariyati tomonidan talabalar taʼlim olishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida barcha yigʻilganlarga gapirib oʻtdilar. Farmatsiya fakulteti talabalari tibbiyot institutidek oliy dargohda oʻqiyotganligidan doim faxrlanishlari kerak deb taʼkidlandi. Fakultet dekani talabalarni yaxshi oʻqishga, sogʻlom turmush tarzi va sanitar-gigiyena qoidalariga doim rioya etishga, barchaga namuna boʻlishga chaqirdi.

  Talabalar bilan uchrashuvda SamDTI Xotin-qizlar Kengashini raisi G.I. Xudoyberdieva chiqishida talabalarni institut jamoat hayotida, faoliyat koʻrsatilayotgan koʻplab ilmiy toʻgaraklarda faol ishtirok etishga hamda institutda yaratilgan barcha imkoniyatlardan toʻlaqonli foydalanishni tavsiya qildi.

  Uchrashuv davomida Tibbiy kimyo kafedrasi mudiri t.f.d. D.Q. Xolmurodova ham soʻzga chiqib yigʻilgan talabalarga oʻzining fikr mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi va kelgusida aʼlo baholarga oʻqib institutimiz nomini yuqoriga koʻtarib yurishlarini tilab qoldilar.

  Uchrashuvda davomida fakultet yoshlarini barcha takliflari tinglandi, talabalar berilgan barcha savollariga javoblar oldilar.

  Uchrashuv soʻngida talabalar ustozlar bilan esdalik uchun rasmga tushdilar.




SamDTI matbuot xizmati