Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Xorijlik talabalar ham ustozlarini tabrikladi

  Bugun Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-son TTJ da tibbiy kimyo kafedrasi tashabbusi bilan “1-oktabr — Ustoz va murabbiylar Kuni”ga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

  Tadbirni institut yoshlar bilan ishlash prorektori E.S.Tangirov ochib berdi va ustozlarni bayram bilan tabrikladi. Tadbirda tibbiy kimyo kafedrasi jamoasi, kafedrani xorijlik oʻqituvchisi doktor Liaquat Karim ham oʻz bayramona tilaklarini bildirdi. Bayram tadbirida Pokistonlik talabalar ham oʻz urf-odatlariga koʻra ustozlarini tabriklashdi. Talabalar tomonidan tayyorlangan tabriknoma hamda X.Olimjon nomidagi viloyat musiqali va drama teatridan kelgan sanʼatkorlarning kuy-qoʻshiqlari barchaga bayram kayfiyati ulashdi.


SamDTI matbuot xizmati