2021-yil 26-27-avgust kunlari Samarqand davlat tibbiyot instituti Axborot-resurs markazida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligini Davlat ilmiy tibbiyot kutubxonasining mutaxassislari tomonidan institutni Axborot-resurs Markazi xodimlariga “Kutubxonachilik ishida yangi texnologiyalar” oʻquv seminar-treningi oʻtkazildi.
Seminar-trening qiziqarli va mazmunan boy oʻtib, institut ARM xodimlari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar hamda kerakli maʼlumotlarni oldilar.
SamDTI matbuot xizmati