21-avgust kuni Samarqand davlat tibbiyot institutiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bosh boshqarmasining xodimi Ikrom Soburov tashrifi amalga oshirildi.
Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlikni o‘rganish davomida institutda taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalar, ishchi oʻquv dasturlarining ishlab chiqilganlik holati va oʻzaro muvofiqligi, mehnat bozori talablarini inobatga olgan holda, oʻquv dasturlariga kiritilgan oʻzgarishlar, kredit-modul tizimini joriy etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, iqtidorli va tajribali magistrant hamda doktorantlarni oliy taʼlim muassasalarida ish bilan taʼminlash kabi masalalar hamda institutni mazkur yo‘nalishlarida orttirilgan boy amaliy tajribasi ko‘rib chiqildi.
SamDTI yangi 2021-2022 o‘quv yiliga tayyorgarligi qoniqarli deb topilib istiqbolda amalga oshirishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama etildi.
SamDTI matbuot xizmati