Mamlakatimizda oxirgi yillarda gender tenglik xamda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalalariga aloxida e’tibor qaratilib, sohaga oid bir qator qonun xujjatlari qabul kilingan. Oliy Majlis Senatida xotin-kizlar va gender tenglik masalalari Qo‘mitasi, Senat raisi raxbarligida Gender tenglikni ta’minlash masalalari buyicha Komissiyasi tashkil etildi, 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish Strategiyasi tasdiqlandi.
Samarqand davlat tibbiyot instituti xotin-kizlar maslaxat Kengashi tomonidan tashkil etilgan seminarda ham shu masalalar muhokama etildi. Ma’ruzachilar tomonidan barcha uchun teng xuquqli va sifatli ta’lim olishni ta’minlash, qizlarimizning oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, xotin-kizlarning gender tenglikka erishishi, tazyiq va zo‘ravonlikka yul qo‘ymaslik, odam savdosini oldini olish va barchaning faol ishtirokini kuchaytirish zarurligi to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi.
SamDTI matbuot xizmati