Samarqand davlat tibbiyot institutida Yurtboshimiz olgʻa surgan Besh tashabbus, xususan uning 2-yoʻnalishi mazmun-mohiyatini tashkil etadigan yoshlarni sogʻlom turmush tarzi va sportga jalb qilish borasidagi ishlarni amalga oshirish maqsadida, joriy yilning 27 may – 5 iyun kunlari talabalar va oʻqituvchilar oʻrtasida “Sogʻlom turmush – buyuk kelajak!” shiori ostida “Rektor kubogi” uchun mini-futbol turi boʻyicha sport musobaqalari oʻtkazildi.
Musobaqalarda jami professor-oʻqituvchilarini 12 jamoasi, barcha kurs va fakultetlar talabalarini 32 jamoalari ishtirok etdilar.
Murakkab kurashlardan soʻng 1-oʻringa davolash fakulteti 5 kurs, 2-oʻringa stomatologiya fakulteti 3 kurs, 3-oʻringa davolash fakulteti 2 kurs jamoalari gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Professor-oʻqituvchilar jamoalari oʻrtasida esa 1-oʻringa davolash fakulteti, 2-oʻringa tibbiy pedagogika fakulteti, 3-oʻringa akademik litsey jamoasi loyiq deb topildi.
Gʻoliblarni taqdirlash marosimida barcha gʻalabaga erishlar jamoalar vakillariga faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalari topshirildi. Musobaqalar ishtirokchilari muntazam ravishda tashkil qilinib kelayotgan sport oʻyinlari uchun institut rektori prof. J.A. Rizaevga minnatdorchilik bildirdilar.
SamDTI matbuot xizmati