Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

“Shifokor shaxsini rivoji va shakllanishini pedagogik va psixolingvistik xususiyatlari” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

  2021-yil 5-may kuni Samarqand davlat tibbiyot institutida “Shifokor shaxsini rivoji va shakllanishini pedagogik va psixolingvistik xususiyatlari” navbatdagi Halqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazildi.

  Mazkur xalqaro konferensiyani oʻtkazishdan maqsad bu avvalom bor zamonaviy shifokorlarni tarbiyalash, ularni shakllanishini pedagogik va psixolingvistik xususiyatlari, tibbiy taʼlimda zamonaviy interfaol pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalardan foydalanishni muhokama qilish hamda xorijiy tibbiyot oliy taʼlim muaasasalari va ilmiy-amaliy markazlar bilan aloqalarni mustahkamlar boʻldi.

  Xalqaro forum ishida Rossiya, Indoneziya va Oʻzbekistonni bir qator oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-amaliy markazlarini 180 ortiq vakillari ishtirok etdilar.

  “Shifokor shaxsini rivoji va shakllanishini pedagogik va psixolingvistik xususiyatlari” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasini tantanali ochilish marosimida SamDTI rektori, professor Jasur Alimjanovich Rizayev, Indoneziyani Oʻzbekistondagi Favqulodli va Muxtor elchisi janob Sunaryo Kartadinata, Ijevsk davlat tibbiyot akademiyami rektori Aleksey Yevgenyevich Shklyayev, Samarqand davlat universiteti rektori professor Rustam Ibragimovich Xolmurodov, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti rektori professor Xudaynazar Beknazarovich Yunusov, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilxom Madaminovich Tuxtasinov oʻzlarini qutlov soʻzlari bilan chiqishlar qildilar.

  Yalpi majlisdagi maʼruzalarni tinglagandan soʻng tadbirni asosiy ishi “Gumanistik va sotsial pedagogika”, “Lingvo-psixologik pedagogika, pedagogik psixologiya”, “Differensia psixologiya, psixofiziologiya” shoʻbalarida davom etildi va sohani dolzarb masalalariga bagʻishlangan 40 ortiq maʼruzalar eshitildi.

  Samarqand davlat tibbiyot institutida boʻlib oʻtgan “Shifokor shaxsini rivoji va shakllanishini pedagogik va psixolingvistik xususiyatlari” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi shubhasiz respublikamiz tibbiy oliygohlarida zamonaviy pedagogik va interfaol texnologiyalarini qoʻllash, klinik va fundamental tibbiy fanlarni dars mashgʻulotlari sifatini yana-da oshirish, milliy pedagogika maktabini zamonaviy ilmiy yutuqlar bilan boyitish, malakali tibbiyot kadrlarini tarbiyalash hamda chet ellik universitetlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.


Fotolavhalar

SamDTI matbuot xizmati