Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

SamDTIda «Tibbiyot va biologiyada lazerlar» Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

  2021 yil 30 aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot institutida “Tibbiyot va biologiyada lazerlar” Halqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Zamonaviy lazer texnologiyalarini tibbiyotni turli sohalarida qo‘llash, fundamental fanlar innovatsion yutuqlarini amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga joriy qilish, soha uchun muttaxassislar tayyorlash sifatini oshirish hamda milliy oliygohlarni xorijiy hamkorlar bilan aloqalarini mustahkamlashga bag‘ishlangan xalqaro forum ishida Rossiya, Italiya, Isroil, Qozog‘iston, Polsha va O‘zbekistonni bir qator tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-amaliy markazlarini 200 ortiq yetakchi mutaxassislari ishtirok etdilar.

  “Tibbiyot va biologiyada lazerlar” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasini tantanali ochilish marosimida SamDTI rektori, professor Jasur Alimjanovich Rizaev, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirini o‘rinbosari, Respublika dermatovenerologiya va kosmetologiya ixtisoslashgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazini direktori Ulugbek Yusupxanovich Sabirov (Toshkent, O‘zbekiston), Boshqird davlat tibbiyot universiteti rektori Valentin Nikolaevich Pavlov (Ufa, Rossiya), DEKA LASERni O‘zbekistondagi vakili Gulnara Djaxangirovna Rasulova (Toshkent, O‘zbekiston) va Toshkent vrachlarni malakasini oshirish instituti rektori Xabibulla Ataullaevich Akilov (Toshkent, O‘zbekiston) o‘zlarini qutlov so‘zlari bilan chiqishlar qildilar.

  Yalpi majlisdagi ma’ruzalarni tinglagandan so‘ng tadbirni asosiy ishi «Xirurgiyada lazerlar», «Dermatologiya va kosmetologiyada lazer texnologiyalari», «Kasalliklarini diagnostika va davolashida lazer texnologiyalarini qo‘llash» sho‘balarida davom etildi va ularda lazer texnologiyalari va ularni amaliy sog‘liqni saqlashda, shu jumladan xirurgiya, dermatologiya, ginekologiya, kosmetologiya, nevrologiya, stomatologiya va boshqa sohalarda qo‘llashni dolzarb masalalariga bag‘ishlangan 50 ortiq ma’ruzalar eshitildi.

  Shuningdek, konferensiyada dori-vositalari, diagnostika va davolash uskunalarini ko‘rgazmasi ham tashkil qilinib ilmiy forum ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

  Samarqand davlat tibbiyot institutida o‘tkazilgan «Tibbiyot va biologiyada lazerlar» Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi shubhasiz respublikamiz tibbiyotida zamonaviy lazer texnologiyalarini qo‘llash, tibbiyot sohasini eng zamonaviy ilmiy yutuqlar bilan boyitish, malakali tibbiyot kadrlarini tarbiyalash, tibbiyot oliygohlarini chet ellik universitetlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


Fotolavhalar

SamDTI matbuot markazi