Joriy yilning 1 fevral kunidan 1 mart kuniga qadar respublikamizda “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish Oyligi” deb e’lon qilingan.
4 fevral kuni Samarqand Davlat tibbiyot institutida «Biz yoshlar giyohvandlikka va OITSga qarshimiz» shiori ostida talaba yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Talaba-yoshlar bilan uchrashuvda Ichki ishlar viloyat boshqarmasi xodimlari, Samarqand viloyat “Imom-eshon Muhammad” jome masjidi imomg‘xotibi va viloyat narkologik dispanseri vrachi Alisher Raximovlar ishtirok etdilar. Mehmonlar chiqishlari davomida narkotik moddalarni inson organizmiga ta’siri va uni iste’mol qilganda keltirib chiqadigan salbiy illatlar haqida ma’lumot berar ekan, giyohvandlikni butun insoniyatni tashvishga solayotgan eng katta muammolardan biri ekanligi, bu illat nafaqat, ma’lum bir davlat chegarasida, balki hududsiz, boshqacha qilib aytganda transmilliy jinoyatlardan biri ekanligi haqida aytib o‘tdilar. Haqiqatan ham bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan giyovandlik va giyohvand moddalar bilan shug‘ullangan ayrim yurtdoshlarimiz mo‘may daromad topish ilinjida ushbu illat domida tushib qolayotganlari, buning oqibatida oilalarda turli nohushliklar yuzaga kelayotgani haqida fikr yuritildi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar uchun O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Ichki ishlar vazirligi hamkorligida tayyorlargan “O‘zini yo‘qotganlar” va “Biz OITSga qarshimiz, Sizchi?” nomli hujjatli filmlar namoyish etildi.
Tadbir yakunida ma’ruzachilar tomonidan bildirilgan fikrlarni institutning barcha talaba-yoshlariga yetkazilishi haqida kelishildi.
SamDTI matbuot xizmati