Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

“Gematologiya va transfuziologiyaning dolzarb muammolari” mavzuida talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

  26 fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot institutining katta majlislar zalida institut gematologiya kafedrasi tashubbusi bilan “Gematologiya va transfuziologiyaning dolzarb muammolari” mavzuida talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Anjumanda institut talabalari, talabalar ilmiy jamiyati kengashi a’zolari, gematologiya kafedrasi xodimlari, Samarqand Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoatchilik salomatligi texnikumi va Samarqand viloyati gematologiya markazini xodimlari faol ishtiroq etdilar.

  Ilmiy-amaliy konferensiya ishini institut rektori prof. J.A. Rizaev kirish so‘zlari bilan ochib berdilar. Jasur Alimjanovich barcha tashkilotchi va ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirib institutimizda talabalarga iqtidorlarini namoyon qilish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilayotganligini ta’kidladilar.

  Anjumanni asosiy ishi to‘rtta sho‘balarda o‘tkazildi. Birinchi sho‘bada institut iqtidorli talabalarini gematologiyani dolzarb masalalalariga bag‘ishlangan 12 ta ma’ruzasi tinglandi, ikkinchi sho‘bada qon tizimi kasalliklarida hamshiralik parvarish bo‘ycha Samarqand Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoatchilik salomatligi texnikumi va Samarqand viloyati gematologiya markazini xodimlarini ma’ruzalari tinglandi, uchinchi sho‘bada trepanobiopsiya, bug‘inlar, limfa tugunlari va suyak iligi punksiyasi bo‘yicha talabalar tomonidan mahorat-darsi o‘tkazildi. Anjumanni oxirgi, to‘rtinchi sho‘bada institut 3-4 kurs talabalari ishtirokida “Milliy liboslar – g‘ururimiz, faxrimiz” shiori ostida tanlov o‘tkazildi.

  Bo‘lib o‘tgan talabalar ilmiy-amaliy anjumani institutda iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, fan va amaliyotni chambarchan bog‘lash va tayyorlanayotgan oliy malakali tibbiy kadrlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.


SamDTI matbuot xizmati