1 mart - bahor faslini birinchi kuni Samarqand davlat tibbiyot institutida “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Mazkur tadbirda institut talabalari va akademik litseyni o‘quvchilari ishtirok etdilar. Ko‘rik-tanlov mashxur o‘zbek shoira va jamiyat arbobi Zulfiyaxonimni 106 yilligiga (1905-1996) bag‘ishlandi.
Qutlov so‘zlari ko‘rik-tanlovni bilan institut rektori Jasur Alimjanovich Rizaev ochib berib mamlakatimizda xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikni e’tirof etib, institut talaba-qizlari barchaga o‘zining xulq-atvori va jamiyat ishlariga befarq bo‘lmasligi bilan namuna bo‘lish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Ko‘rik tanlovni asosiy qismi to‘rtda ijodiy shartlarda bo‘lib o‘tdi va ularni bajarlishida talaba-qizlar o‘zlarini jamoalarini tanishtirish, fakultetlarini tarixi va xozirgi xayoti, birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish, kitoxonlik madaniyati, ko‘shiq va raqs ijrosida mahoratlarini ko‘rsatdilar. Talabalarni yorqin chiqishi, shu jumladan xalqaro tibbiy ta’lim fakulteti talaba-qizlarni ko‘shik va raqslari, barcha ishtirokchilarga bayramona kayfiyatni ulashdi.
Tanlov shartlarini bajarilishi yakunida hakamlar bir ovozdan 1-o‘ringa tibbiy pedagogika fakulteti, 2-o‘ringa stomatologiya fakulteti, 3-o‘ringa pediatriya fakulteti jamoalarini loyiq deb topdilar.
Barcha ishtirok etgan jamoalar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
SamDTI matbuot xizmati