2021 yil 26 mart kuni Samarqand davlat tibbiyot institutida “Ichki tibbiyot tadqiqotlarida innovatsion taraqqiyot” mavzuidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Hozirgi kunda iste’dodli olimlarni aniqlash, ularni ilmiy va amaliy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, turli amaliy innovatsion loyihalarga jalb etib ularni potensialllaridan foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Samarqanddni olimu donishmandlar ko‘p o‘tgan qadimiy zaminida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilishi Samarqand davlat tibbiyot instituti rahbariyati va jamoasini zamon talablariga mos yuqori malakali kadrlarni tarbiyalashdagi harakatlarini natijasi bo‘ldi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Polsha, Turkiya, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Tojikiston kabi xorijiy mamlakatlar hamda mamlakatimiz yetakchi tibbiyot oliygohlari va ilmiy-tekshirish institutlarini 250 ortiq vakillari ishtirok etdilar.
Konferensiya ishini institut rektor prof. J.A. Rizaev tantanali ravishda ochib berdi. O‘zlarini qutlov so‘zlarini qatnashayotgan tibbiyot universitetlari rektorlari, akademiklar, mamlakatimiz tibbiyot oliygohdari va ilmiy-tekshirish institutlari yetakchi olimlari ham yo‘lladilar.
Yalpi majlisdagi ma’ruzalardan so‘ng xalqaro konferensiyani asosiy ishi 8 ta shubada davom ettirildi, ularda ichki kasalliklar fanidan, jumladan kardiologiya, pulmonologiya, gastroenterologiya, revmatologiya, nefrologiya, oila tibbiyoti va boshka yunalishlarning innovatsion ishlanmalariga bag‘ishlangan 90 ortiq ma’ruzalar eshitildi.
Samarqand davlat tibbiyot instituti tomonidan o‘tkazilgan “Ichki kasalliklar tadkikotlarida innovatsion rivojlanish” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi respublikamizda tibbiyot sohasida, jumladan terapevtlarni tayyorlash sifatini yanada oshirish, amaliy sog‘liqni saqlash turli yo‘nalishlariga fundamental ilmu-fan yangiliklarini joriy qilish, mamlakatimiz tibbiyot oliygohlarini dunyoni yetakchi tibbiyot universitetlari va ilmiy markazlari bilan aloqalarini mustahkamlashga o‘zining munosib hissasini qo‘shadi.
SamDTI matbuot xizmati